SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Iqtisodiyot hamda servis fakultetlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari G.Xamidova va M.Dustovalar tashabbusi bilan institut axborot-resurs markazida "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ushbu qissaning katta-kichik novellalardan iboratligi va har bir hikoyada eng aziz inson — ona siymosi alohida o‘rin tutishi talaba qizlar tomonidan ta’kidlandi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Davra suhbati yakunida talabalarga Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asarini o‘qish tavsiya etildi.