Bank-moliya xizmatlari fakulteti



SamISI “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2004-yilda “Moliya va kredit” fakulteti bazasida tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda uning faoliyati “Moliya” va “Bank ishi” kafedralari bazasida shakllantirilgan. “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2019-yilning 26-oktabrida tasdiqlangan “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti Nizomi asosida o’z faoliyatini tashkil qilgan. Nizom oliy ta’lim muassasalari fakulteti to’g’risidagi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan. “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2019-yilning 2-oktabrida “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti bazasida qayta tashkil etilgan. Fakultetdagi “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi institut rektorining 2022-yil 5-sentabrdagi “Institut tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 138-F-sonli buyrug‘iga asosan yangi tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakultetiga o‘tkazilgan.
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
- Moliya kafedrasi
- Bank ishi kafedrasi
- Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi
Fakultet doirasida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari:
- 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- 60410600 – Bank ishi
Fakultet talabalari kontingenti:
2025-2026 o‘quv yili bo‘yicha jami fakultetda – 789 nafar talaba ta’lim olmoqda, shundan:
- 1-kursda – 295 nafar talaba;
- 2-kursda – 232 nafar talaba;
- 3-kursda – 146 nafar talaba;
- 4-kursda – 116 nafar talaba.
2025-2026 o‘quv yilida fakultetda shtat bo‘yicha 12 nafar xodimlar faoliyat yuritadi. Dekan, 1 nafar o’quv ishlari bo’yicha dekan o‘rinbosari, 1 nafar, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2 nafar uslubchi, 1 nafar, Fakultet yoshlar ittifoqi koordinatori, hamda 5 nafar tyutorlar mavjud.
Fakultet qoshida 3 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. Moliya kafedrasida – 12 nafar professor-o‘qituvchi, Bank ishi kafedrasida – 5 nafar professor-o‘qituvchi, Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasida – 13 nafar mavjud.
Fakultet tarkibidagi 3 ta kafedralarda jami 30 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo‘lib, ulardan 6 nafari professor, 8 nafari fan nomzodi va PhD, 7 nafari katta o’qituvchi, 7 nafar assistent hamda 16 nafar stajer-assistentlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultetda 789 nafar talabalar tahsil olmoqda, shulardan 243 nafari qiz bolalar va 546 nafar o'g'il bolalar hisoblanadi:
- 1-kursda 186 nafar o‘g‘il bolalar, 109 nafar qiz bolalar,
- 2-kursda 155 nafar o‘g‘il bolalar, 77 nafar qiz bolalar,
- 3-kursda 110 nafar o‘g‘il bolalar, 36 nafar qiz bolalar,
- 4-kursda 95 nafar o‘g‘il bolalar, 21 nafar qiz bolalarni tashkil qiladi.
Talabalarning 470 nafari Samarqand viloyatidan, 319 nafar talabalar boshqa viloyatlardan hisoblanadi.
Fakultetda chet el fuqarosi o‘qimaydi.
Fakultet dekani

Xazratov Abror Panjiyevich
Fakultet dekani
Fakultet dekani
Dekan o‘rinbosarlari

Dekan o‘rinbosarlari

Abiyev Davron Ilhomovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Dekan o‘rinbosarlari

Baratov Sa’dulla Norjigitovich

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Fakultet xodimlari

Fakultet xodimlari

Ismoilov Sirojiddin Nuriddin o‘g‘li

Ish yurutuvchi

Fakultet xodimlari

Boboxonov Mirvali Mirzohidovich

Ish yurutuvchi

Fakultet xodimlari

Narzullayev Abduxoliq Akmalovich

Yoshlar ittifoqi koordinatori
Tyutorlar

Tyutorlar

Nasriddinova Manzura Fariddinova

Tyutor

Tyutorlar

Julanov Hasan Komilovich

Tyutor

Tyutorlar

Murodimova Fazilat O‘ktamovna

Tyutor

Tyutorlar

Xonimqulov Islom Ergashevich

Tyutor

Tyutorlar

Boltayev Obidjon Baxodirovich

Tyutor