Bank-moliya xizmatlari fakulteti

2026-03-24 2027
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Bank-moliya xizmatlari fakulteti

SamISI “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2004-yilda “Moliya va kredit” fakulteti bazasida tashkil etilgan bo’lib,  bugungi kunda uning faoliyati  “Moliya” va “Bank ishi” kafedralari bazasida shakllantirilgan. “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti  2019-yilning 26-oktabrida tasdiqlangan “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti Nizomi asosida o’z faoliyatini tashkil qilgan. Nizom oliy ta’lim muassasalari fakulteti to’g’risidagi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan. “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2019-yilning 2-oktabrida “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti bazasida qayta tashkil etilgan. Fakultetdagi “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi institut rektorining 2022-yil 5-sentabrdagi “Institut tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 138-F-sonli buyrug‘iga asosan yangi tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakultetiga o‘tkazilgan.

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

  • Moliya kafedrasi
  • Bank ishi kafedrasi
  • Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi

Fakultet doirasida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • 60410600 – Bank ishi

Fakultet talabalari kontingenti:

2025-2026 o‘quv yili bo‘yicha jami fakultetda – 789 nafar talaba ta’lim olmoqda, shundan:

  • 1-kursda – 295 nafar talaba;
  • 2-kursda – 232 nafar talaba;
  • 3-kursda – 146 nafar talaba;
  • 4-kursda – 116 nafar talaba.

2025-2026 o‘quv yilida fakultetda shtat bo‘yicha  12  nafar xodimlar faoliyat yuritadi.  Dekan, 1 nafar o’quv ishlari bo’yicha dekan o‘rinbosari, 1 nafar, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2 nafar uslubchi, 1 nafar, Fakultet yoshlar ittifoqi koordinatori, hamda 5 nafar tyutorlar mavjud.

Fakultet qoshida 3 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. Moliya kafedrasida – 12 nafar professor-o‘qituvchi, Bank ishi kafedrasida – 5 nafar professor-o‘qituvchi, Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasida – 13 nafar mavjud.

Fakultet tarkibidagi 3 ta kafedralarda  jami 30 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo‘lib, ulardan 6 nafari professor, 8 nafari fan nomzodi va PhD, 7 nafari katta o’qituvchi, 7 nafar assistent hamda 16 nafar  stajer-assistentlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultetda 789 nafar talabalar tahsil olmoqda, shulardan 243 nafari qiz bolalar va 546 nafar o'g'il bolalar hisoblanadi:

  • 1-kursda 186 nafar o‘g‘il bolalar, 109 nafar qiz bolalar,
  • 2-kursda  155 nafar o‘g‘il bolalar, 77 nafar qiz bolalar,
  • 3-kursda 110 nafar o‘g‘il bolalar, 36 nafar qiz bolalar,
  • 4-kursda 95 nafar o‘g‘il bolalar, 21 nafar qiz bolalarni tashkil qiladi.

Talabalarning 470 nafari Samarqand viloyatidan, 319 nafar talabalar  boshqa viloyatlardan hisoblanadi.

Fakultetda chet el fuqarosi o‘qimaydi.

Investitsiya va innovatsiyalar

24 Xodimlar

Batafsil

Bank ishi

18 Xodimlar

Batafsil

Moliya

17 Xodimlar

Batafsil

Dekan

XAZRATOV ABROR PANJIYEVICH

XAZRATOV ABROR PANJIYEVICH

Dekan

Batafsil

Dekan muovini

BARATOV SA’DULLA NORJIGIT O‘G‘LI

BARATOV SA’DULLA NORJIGIT O‘G‘LI

Dekan muovini

Batafsil

Tyutorlar

BOLTAYEV OBIDJON BAXODIROVICH

BOLTAYEV OBIDJON BAXODIROVICH

Tyutor

Batafsil
JO‘LANOV HASAN KOMIL O‘G‘LI

JO‘LANOV HASAN KOMIL O‘G‘LI

Tyutor

Batafsil
MURODIMOVA FAZILAT O‘KTAM QIZI

MURODIMOVA FAZILAT O‘KTAM QIZI

Tyutor

Batafsil
NASRIDDINOVA MANZURA FAXRIDDINOVNA

NASRIDDINOVA MANZURA FAXRIDDINOVNA

Tyutor

Batafsil
ULASHEV ASLAMBEK AKRAM O‘G‘LI

ULASHEV ASLAMBEK AKRAM O‘G‘LI

Tyutor

Batafsil
XONIMQULOV ISLOM ERGASH O‘G‘LI

XONIMQULOV ISLOM ERGASH O‘G‘LI

Tyutor

Batafsil

Ish yurituvchi

BOBOXONOV MIRVALI MIRZOHID O‘G‘LI

BOBOXONOV MIRVALI MIRZOHID O‘G‘LI

Ish yurituvchi

Batafsil
ISMOILOV SIROJIDDIN NURIDDIN O‘G‘LI

ISMOILOV SIROJIDDIN NURIDDIN O‘G‘LI

Ish yurituvchi

Batafsil