Iqtisodiyot fakulteti

2026-03-24 4176
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Iqtisodiyot fakulteti

 “Iqtisodiyot” fakulteti institut (sobiq kooperativ instituti) 15 fevral 1931 yilda tashkil topgandan beri mavjud. Shu munosabat bilan “Iqtisodiyot” fakulteti ham 92 yillik tarixga ega.

Mazkur fakultet 1949 yildan Savdo-iqtisodiyot fakultetiga aylantirilib, 1961 yildan esa yana Iqtisodiyot fakulteti nomini olib, respublikamiz iqtisodiyotiga o‘z davri uchun o‘ta muhim bo‘lgan iqtisodchi kadrlarni yetkazib bergan.

O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 26 martdagi 114-sonli qarori bo‘yicha Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti tashkil etilishi munosabati bilan  fakultet “Iqtisodiyot va  menejment” fakulteti nomini oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori, institut kengashining 2019 yil 11 sentyabrdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni  qaroriga asosan, “Iqtisodiyot va menejment”  fakulteti “Iqtisodiyot” fakultetiga o‘zgartirildi.

 Institutning tarixiy rivojlanish jarayonida Iqtisodiyot fakultetida ham o‘z davrining talablariga mos  fakultet dekanlari ham faoliyat yuritib, ularning faoliyatiga  alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Fakultetga uzoq yillar davomida bir qator soha mutaxassislari i.f.n. I.X.Ibragimov, dots. D.Rofiyev, i.f.n. E.Fayziyev, t.f.n. X.Sadinov, i.f.d. prof. Q.Mirzayev, i.f.n. dotsent A.N. Xoliqulov va i.f.n. dotsent Sh.M.Islomov fakultet dekani vazifasida faoliyat yuritdi.

2025 yil may oyidan hozirgi vaqtgacha fakultet dekani vazifasida Abiyev Jahongir Ne’matovich faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetda keyingi yillarda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talablaridan kelib chiqib, ilmiy-tashkiliy, uslubiy yo‘nalishlarda  kadrlar zaxirasini  shakllantirish kompleks amalga oshirildi. Hozirgi kunda talabalar kontingenti 1000 tadan oshdi . “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o‘qituvchilarning ilmiy potensiali oshirilib, bir qator ilmiy darajali yosh kadrlar shakllandi. Ushbu davr davomida fakultet yangi yosh shijoatli fan nomzodlari va PhD fan doktorlari bilan boyitildi. Fakultetda fakultet kengashining muntazam va samarali faoliyati natijasida ilm-fan  hamda  soha mutaxassisligiga intiluvchi yoshlar soni o‘sib bormoqda. 

Ayni paytda “Iqtisodiyot” fakultetida quyidagi tarkibda o‘quv jarayoni  tashkil etilgan. Jumladan, fakultet tarkibida “Real iqtisodiyot”, “Raqamli iqtisodiyot” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralari shakllangan bo‘lsa, fakultet talabalari orasida keyingi yillarda  ko‘plab  Jahon va Osiyo chempionlari, Respublika Olimpiada g‘oliblari, nomdor stipendiatlari hamda qator Respublika ko‘rik tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.

“Real iqtisodiyot” kafedrasida 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent-stajor  faoliyat yuritadi.

“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasida 1 nafar fan doktori,4 nafar fan nomzodi,  2 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar assistent-o‘qituvchi, 4 nafar assistent-stajor  faoliyat yuritadi.

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistent-o‘qituvchi, 3  nafar assistent-stajor  faoliyat yuritadi.

Raqamli iqtisodiyot

23 Xodimlar

Batafsil

Real iqtisodiyoti

24 Xodimlar

Batafsil

Iqtisodiyot nazariyasi

31 Xodimlar

Batafsil

Dekan

ABIYEV JAHONGIR NE’MATOVICH

ABIYEV JAHONGIR NE’MATOVICH

Dekan

Batafsil

Dekan muovini

SHARIPOV SARDOR BEGMAXMAT O‘G‘LI

SHARIPOV SARDOR BEGMAXMAT O‘G‘LI

Dekan muovini

Batafsil

Tyutorlar

AZIMOV ALISHER MIRZO O‘G‘LI

AZIMOV ALISHER MIRZO O‘G‘LI

Tyutor

Batafsil
G‘AFFOROV SHOXRUH BAXTIYOR O‘G‘LI

G‘AFFOROV SHOXRUH BAXTIYOR O‘G‘LI

Tyutor

Batafsil
TEMIROVA SURAYYO MUXAMMADOVNA

TEMIROVA SURAYYO MUXAMMADOVNA

Tyutor

Batafsil
URAZOV SHERALI MIRTOZOVICH

URAZOV SHERALI MIRTOZOVICH

Tyutor

Batafsil
XAMIDOVA GULFIRA JABBOROVNA

XAMIDOVA GULFIRA JABBOROVNA

Tyutor

Batafsil
XUSANOVA DILFUZA QUCHQAROVNA

XUSANOVA DILFUZA QUCHQAROVNA

Tyutor

Batafsil

Ish yurituvchi

KARAYEVA SOBIRA MAMATKULOVNA

KARAYEVA SOBIRA MAMATKULOVNA

Ish yurituvchi

Batafsil