SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari “Buyuk Ipak yo‘li: O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy ong va vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsad qilindi. Ular muzeyda namoyish etilgan noyob eksponatlar orqali O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi qadimiy madaniy aloqalar bilan yaqindan tanishishdi.