SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Mazkur to‘garak o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Umida Ubaydullayeva rahbarligida olib borilmoqda.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘zbek tilida tez-tez xato yoziladigan so‘zlar, ularning to‘g‘ri imlosi hamda ushbu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish usullari bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lishdi. Tadbir interaktiv savol-javoblar, misollar tahlili va ijodiy topshiriqlar asosida o‘tkazildi.