SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

#Xalqaro_hamkorlik


Joriy yilning 10-may sanasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Rossiya Federatsiyasining Vladivostok davlat universiteti vakillari: rektor Terenteva Tatyana Valeryevna, Iqtisodiy va kadr siyosati boʻyicha prorektori Bedrochuk Ilya Aleksandrovich va IT kollej direktori Kravchenko Yulia Sergeevna tashrif buyurishdi.


Tashrifdan asosiy maqsad ikki oliy ta'lim muassasalarining o'zaro tanishuvi va hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'ldi.


Shuningdek, Vladivostok davlat universiteti delegatsiyasi Institut qoshidagi 1-son Akademik litseyda ham bo'lib, litsey bitiruvchilari bilan kasbga yo'naltiruvchi uchrashuvlar tashkil etishdi.


SamISI Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|Sies.uz