SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida iqtisodiyot fakulteti tyutori G. Xamidova tomonidan talabalarga biriktirilgan guruhlar ishtirokida “Diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik va turli zararli oqimlarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tyutor tomonidan talabalarga zamonaviy tahdidlar – diniy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizm va boshqa zararli g‘oyalarning jamiyatga salbiy ta’siri, ularning yoshlar ongini zaharlashdagi xavfi haqida atroflicha tushunchalar berildi.