SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi tashabbusi bilan birinchi kurs talabalariga o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulot davomida mamlakatimizda turizmning rivojlanish yo‘nalishlari, madaniy merosimiz va tarixiy obidalarimizning jahon turizm bozoridagi ahamiyati, shuningdek, mehmondo‘stlikning milliy qadriyat sifatida shakllangani haqida tushuncha berildi.

Shuningdek, respublikamizda turizm infratuzilmasining rivojlanishi, yangi mehmonxonalar, servis xizmatlari hamda yoshlar uchun ochilayotgan keng imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.