SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Boshqarmalar va tashkilotlar xodimlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport mashg'ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida sportning futzal turi bo'yicha ''Viloyat hokimi kubogi'' musobaqasi o'tkazilmoqda. Musobaqaning birinchi kunida institutimizning professor-o'qituvchilari hamda xodimlaridan tashkil topgan SamISI futbol jamoasi Samarqand viloyati Yoshlar ishlari agentligi jamoasi ustidan 7:5 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.


Institutimiz jamoasiga omad tilab qolamiz!


SamISI Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram