SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “3D modellashtirish” to‘garagi tashkil etildi.

Axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu to‘garakda talabalar 3D loyihalar yaratish, arxitektura va sanoat sohalarida qo‘llaniladigan virtual modellashtirish usullarini o‘rganmoqda. Mashg‘ulotlar haftaning dushanba va chorshanba kunlari 2-bino 212-xonada o‘tkazilmoqda.