SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Talabalarning muzeylarga tashrifi” loyihasi amalga oshirildi. Ushbu tashabbus doirasida talabalar jadid bobokalonimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ishtirokchilarga Behbudiyning hayoti, ta’limga qo‘shgan hissasi, islohotchilik faoliyati va milliy uyg‘onish harakatidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Bu uchrashuv talabalar uchun tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni chuqur anglashga xizmat qildi.