SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida “Investor kuni” hamda startap loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarda startap loyihalarini yaratish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va investorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida mehmonlar o‘z taqdimotlari bilan chiqish qilishdi. Taqdimotlar mobaynida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil va asosli javoblar taqdim etdi.