SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi eng yaxshi esselar tanlovining 1-bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni bartaraf etish yo‘llari, shaffoflik va halollik tamoyillarini targ‘ib qilishga oid o‘z qarash va fikr-mulohazalarini badiiy va mantiqiy tarzda bayon etishdi.