SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Tadbirda instituti yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.To‘rayev  tomonidan iqtisodiyot fakulteti talabalariga buyuk sarkarda Amir Temurning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi va ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Manbalarda keltirilgan Sohibqiron Amir Temurning yorqin xislatlarga ega ekanligi, xotirasi o‘tkir, shijoatli va qat’iyatli, bir so‘zli, zo‘r ruhiy qudrat egasi, salobatli inson sifatida ta’riflangani haqida soʻz yuritildi.