SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Prezidentimizning "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ham bir qator ishlar yoʻlga qoʻyilgan. 


Jumladan joriy yilning 10-mart kuni Servis fakulteti tyutori H.Joʻlanov tashabbusi bilan TFT-322 guruh talabalari "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dasturi doirasida Samarqand shahridagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey xodimi  B.Mamatov talabalarga  muzeydagi ma'lumotlar bilan tanishtirdi.