SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Oliy matematika kafedrasi tashabbusi bilan talabalar turar joyida IQ-test musobaqasi o'tkazildi. Mazkur tadbir institut talabalari o‘rtasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada talabalar individual tarzda qatnashib, turli murakkablikdagi savollarga javob berishdi. Yakunda eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilar Oliy matematika kafedrasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.