SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti xodimlari hamda talabalari bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib, fakultet hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar. Tadbir davomida atrof-muhitni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil hududlarni parvarishlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning tabiatga bo‘lgan e’tibori, ekologik madaniyatni oshirish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.