SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Giyohvandlik vabosidan ogoh bo‘ling” shiori ostida profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik, chekish va ichkilikka qarshi kurashish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida talabalarga sog‘lom fikr bilan yashash, yot g‘oyalardan yiroq bo‘lish va hayotga mas’uliyat bilan qarashning ahamiyati tushuntirildi.