“Oila – jamiyatning tayanchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xotin-qizlar maslahati kengashi tashabbusi bilan “Oila – jamiyatning tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Tuxliyeva, Samarqand viloyati “Oqila ayollar” harakati rahbari hamda institutning ayol professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ma’ruzachilar oilaning jamiyatda mustahkam poydevor sifatidagi ahamiyati, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.