SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Joriy yil 24–25 sentyabr kunlari Navoiy viloyatida yangi turizm obyektlariga infotur dasturi tashkil etildi. Tadbir Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Unda institutning turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, yangi tashrif maskanlari, infratuzilmalar va turizmning zamonaviy yo‘nalishlari bilan tanishdilar.

Dastur doirasida milliy merosni targ‘ib qilish, turizm xizmatlari sifatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.