SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva hamda iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G.Hamidovalar tomonidan talaba-qizlar ishtirokida “Ma’suliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida “Ona va bola salomatligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga ona va bola salomatligini asrash, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda sog‘lom ovqatlanishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.