Talabalar turar joyida “Bobur kabi seving vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

2026-02-13 415
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Talabalar turar joyida “Bobur kabi seving vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida iqtisodiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Bobur kabi seving vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida Boburning boy adabiy merosi, uning vatanparvarlik g‘oyalari, jasorati hamda davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan shoirning g‘azal va ruboiylari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savol-javoblar tashkil qilindi.