Kechki ta'lim fakulteti dekani birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

2025-09-09 1264
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Kechki ta'lim fakulteti dekani birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta'lim fakulteti dekani Samandarov Rustam Do‘syorovich birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etdi. Tadbir davomida talabalar fakultet faoliyati, o‘quv jarayoni va ichki tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, talabalarga institut hayoti, ta’lim jarayonidagi imkoniyatlar hamda fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar haqida muhim ma’lumotlar berildi. Uchrashuv savol-javoblarga boy ruhda o‘tdi va talabalarni qiziqtirgan masalalarga batafsil javob qaytarildi.