SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta'lim fakulteti dekani Samandarov Rustam Do‘syorovich birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etdi. Tadbir davomida talabalar fakultet faoliyati, o‘quv jarayoni va ichki tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, talabalarga institut hayoti, ta’lim jarayonidagi imkoniyatlar hamda fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar haqida muhim ma’lumotlar berildi. Uchrashuv savol-javoblarga boy ruhda o‘tdi va talabalarni qiziqtirgan masalalarga batafsil javob qaytarildi.