SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT tashkiloti Talaba-qizlar koordinatori Kushmanbekova Shaxzoda hamda Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori Kurasheva Sumbula tomonidan "Ekofaol Talabalar" guruhi tashkil etildi! 


Hurmatli talabalar!

Tabiat va atrof-muhitga befarq bo‘lmagan yoshlardan iborat "Ekofaol Talabalar" guruhi endilikda faoliyatini boshladi! 


Maqsadimiz — institutimizda ekologik madaniyatni oshirish, yashil muhitni yaratish va ekologik tashabbuslarni amalga oshirish.


Siz ham tabiatga befarq emasmisiz?

Unda bizga qo‘shiling va o‘z hissangizni qo‘shing!