“Ekologik madaniyat: Bugun va kelajak” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

2025-11-26 590
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
 “Ekologik madaniyat: Bugun va kelajak” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari hamda fakultet koordinatori tashabbusi bilan fakultet talabalari ishtirokida “Ekologik madaniyat: Bugun va kelajak” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Unda talabalarga ekologik muammolar, ularning yechimlarida inson omilining ta'siri haqida ma'lumot va tushunchalar berildi. Shuningdek tadbirda “Tabiatni asrang” nomli videolavha ham namoyish etildi.