SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

An'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Biz bir oilamiz” shiori ostidagi mazkur dastur bu gal iqtisodiyot fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Konsert dasturi davomida fakultetning iqtidorli talabalari o'zlarining kuy-qo'shiqlari, harbiy vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari, jang san'atidagi mahoratlarini namoyish etishdi.

Tadbir so'ngida 2023-yilda institut ijtimoiy hayotida faol bo‘lib, o'zini har tomonlama ijobiy hislatlarini ko'rsatib kelayotgan tyutor hamda yoshlar ittifoqi koordinatorlari taqdirlandi.