SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Qozog'iston Respublikasining Yevroosiyo milliy universiteti professori Baikhozhayeva Bakhytkul Uzakovna hamda Qozoq agrotexnika universiteti professori Tolkinbayev Temirxan Anapiyayevichlar tashrif buyurishdi. 

Mehmonlarni institut servis kafedrasi professor-o'qituvchilari kutib oldi. Uchrashuv davomida ilm-fan va ta'lim sohasida o'zaro fikr almashinildi. Shuningdek professorlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.