SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari ishtirokida “Ommaviy madaniyat va uning yoshlar ongiga ta'siri” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda "Ommaviy madaniyat” tushunchasining ma’nosi, uning mumtoz madaniyatga qarama-qarshi ekanligi, buzg'unchilik ruhidagi "Ommaviy madaniyat" shakllari talabalar orasida urfga aylanishining oldini olish hamda talabalarda yot g'oyalarga qarshi immunitetni muayyan darajada mustahkamlash haqida so'z yuritildi.