SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Prezidentimiz ilgari surgan 5 muhim tashabbus doirasidagi uchinchi tashabbus  — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ishlarning ijrosini ta'minlash maqsadida “Fast typing” – klaviaturada tez va ravon yozish musobaqasi oʻtkazildi. "Iqtisodiyot" fakulteti  yoshlar  yetakchisi F.Ortiqov hamda "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri A.Ernazarov  hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqada talabalarimiz “Fast-typing” va “Excell”da jadval tuzish borasida bellashdi.