SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Ma'rifat darsi" mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, servis fakulteti 1-bosqich talabalari uchun marketing kafedrasi mudiri D.Xolmamatov tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borildi. Talabalar hozirgi kundagi siyosiy yangiliklar, yurtimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida foydali ma'lumotlar olishdi.

Shuningdek dars jarayonida institut yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i, guruh tyutorlari hamda boshqa mas'ullar ham ishtirok etib,o‘z fikrlarini bildirishdi.