SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalar o‘rtasida bilim va tafakkurni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirda jamoalar mantiqiy fikrlash, tezkor javob qaytarish hamda keng qamrovli bilimlarni namoyish etish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in kechgan intellektual bahs davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob berishdi, jamoaviy hamjihatlik va fikr almashish madaniyatini namoyon etishdi.