SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Talabalarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Davra suhbatida talabalar taniqli amerikalik yozuvchi Malkolm Gladwellning “Zukkolar va landavurlar” asarini o‘zaro muhokama qilib, undagi asosiy g‘oyalar — muvaffaqiyat, mehnatsevarlik, ijtimoiy muhit va imkoniyatlarning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Shuningdek, o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi Said Ahmadning “Ufq” romanini mutolaa qilish tavsiya etildi.