SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti  bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Sarmishsoy darasida "Yoshlar turizmi: milliy madaniyat va etnosport" turizm festivali oʻtkazildi.

Ikki kun davom etgan festivalda OTM talabalari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida talabalar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, arqon tortish, chillak kabi xalqona bellashuvlar, psixologik treninglar va intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. 

Talaba yoshlar Sarmishsoy darasiga sayohat qilish barobarida qadimiy Nur qal’asi, Nurota tumanining "Chashma" tarixiy-me’moriy majmuasini hamda Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini ham borib ko‘rishdi. Tadbir doirasida oliygohlar yoshlar boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari o‘rtasida memorandum imzolandi.