SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Konferensiyada yurtimizning turli hududlaridan taniqli oshpazlar, turizm sohasi mutaxassislari hamda xorijiy mehmonlar — xususan, Malayziya, Yaponiya va Pokistondan kelgan oshpazlar ishtirok etdilar. Ular o‘z mamlakatlarida milliy taomlar qanday qadrlanishi, gastronomik turizmning rivoji va madaniyatlararo muloqotda oshxonaning o‘rni haqida fikr almashdilar.

Tadbir doirasida turli master-klasslar, palov tayyorlash san’atiga oid amaliy ko‘rgazmalar va madaniy dasturlar ham tashkil etildi. Ayniqsa, xalqaro mehmonlarning o‘ziga xos uslubda palov tayyorlashi va mahalliy oshpazlar bilan tajriba almashuvi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.