SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tyutori S.Temirova hamda yoshlar ittifoqi koordinatori tashabbusi bilan fakultet talabalarining “School 21” raqamli texnologiyalar maktabiga tashrifi amalga oshirildi.

Tadbir davomida talabalar IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida maktab mutaxassislari bilan uchrashib, mavjud klub va to‘garaklar faoliyati, hamkorlik imkoniyatlari hamda kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.