SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tyutori Sh. G‘afarov tashabbusi bilan birinchi bosqich talabalari SamDU oranjeriyasiga tashrif buyurdilar.

Sayohat davomida talabalarga oranjeriyada olib borilayotgan ilmiy-amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, ularga turli o‘simliklarning o‘sish bosqichlari, ularni parvarishlash usullari, shuningdek, yangi seleksiya navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar namoyish etildi.