Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan “Pazanda qizlar” tanlovi o‘tkazildi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan “Pazanda qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Talaba-qizlar milliy taomlar tayyorlashda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Tanlovning maqsadi yoshlarni an’anaviy oshpazlik san’atiga qiziqtirish va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilarning taomlari institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi A.Karimova hamda servis kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan milliylik va ijodkorlik mezonlari asosida baholandi.
