SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Y. Urunbayeva joriy yil 6-sentabr kuni hokimiyat rahbar xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida ma’ruza qildi.

Seminar davomida ma’ruzachi “Postindustrial jamiyatda tadbirkorlik faoliyatining o‘rni” mavzusida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiy rivojlanish jarayonida tadbirkorlik faoliyatining ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va istiqbollari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.