SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Joriy yil 22-sentabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Boku shahrida joylashgan Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish, talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilar stajirovkalari, xalqaro reytinglarda hamkorlik qilish, ilmiy konferensiyalarni tashkil etish kabi masalalar kelishib olindi.

Shuningdek, universitetda joriy etilgan “Raqamli universitet” loyihasi boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlik memorandumi imzoladilar.