SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar turar joyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada yoshlar tomonidan chizilgan ma’rifat va ezgulikka chorlovchi suratlar namoyish etildi. Tadbir nafaqat talabalarning san’atga qiziqishini oshirdi, balki ularni jaholatga qarshi ma’naviy kurashda yanada faol bo‘lishga undadi.