SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mantiqiy fikrlash va jamoaviylikni rivojlantirish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha “Dekan kubogi – 2025” musobaqasi davom etmoqda.

Shu doirada bank-moliya xizmatlari fakultetida “Dekan kubogi”ning 2-turi bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar jamoalari o‘zaro bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar.