SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ekologik muhitni sogʻlomlashtirish, atrof-muhitga e’tiborni kuchaytirish maqsadida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida turli aksiyalar, tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida institutda “Eko klub” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Klubga ixtiyoriy ravishda professor-o‘qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba yoshlar a’zo bo‘lishi mumkin.

Klub ekologik ongni shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish va yashil hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.