SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

«Servis» kafedrasi rasmiy ravishda 2007 yil 2 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lsada, uning zaminida shu vaqtgacha 64 yillik yorqin tarixi yotadi.

Kafedra ilk bor 1958 yilda “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni boshqarish” (kafedra mudiri, Ye.P.Pankov, I.N.Toporovskiy) deb nomlangan. Keyinchalik “Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti” (kafedra mudirlari: A.S.Vanukevich, T.A.Xudayshukurov, D.I.Istamov, A.T.Qutbidinov, N.Bozorov, M.Sharipov, D.A.Aslanova), “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi” (kafedra mudirlari: T.A.Xudayshukurov, V.A.Atoyev), “Umumiy ovqatlanish korxonalari jixozlari” ( kafedra mudirlari: J.F.Fatixov, E.Mansurov, L.Zbitneva, X.O.Oqilov, A.M.Kimyagarov, B.T.Eshquvvatov), “Konservalash texnologiyasi” (kafedra mudirlari: J.M.Qurbonov, I.M.Mamatov), “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” (kafedra mudirlari: D.X.Aslanova, B.T.Eshquvvatov, J.M.Qurbonov), “Xizmat ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish” (kafedra mudirilari: J.M.Qurbonov, A.Yu.Xudayberdiyev, J.S. Fayziyev I.X.Shukurov) va 2019 yildan “Servis” kafedrasi deb nomlanib kelinmoqda (kafedra mudiri I.X.Shukurov).

Kafedrada 5610100-“Xizmatlar sohasi (restoran ishi)”, 5610100-“Xizmatlar sohasi (tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish)”, 61010200-“Аholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi” bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha mutaxassis kadrlar tayyorlanib kelinadi.

«Servis» kafedrasi rasmiy ravishda 2007 yil 2 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lsada, uning zaminida shu vaqtgacha 64 yillik yorqin tarixi yotadi.

Kafedraning tashkil etilgan dastlabki kunlaridan hozirgacha, o‘tgan yillarda asosan xalq xo‘jaligining xizmatlar sohasining aniqrog‘i xizmat ko‘rsatish sohasining bosh bo‘g‘ini hisoblangan ovqatlanishni tashkil etish va unga bog‘liq ishlab chiqarish va boshqalar bo‘yicha minglab oliy malakali mutaxassislar, ilmiy kadrlar (fan nomzodlari, fan doktorlari) tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatib keldi. Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bordilar.

O‘tgan yillar davomida zamon talabiga binoan kafedra ba’zasida  boshqa kafedralar tashkil etildi yoki birlashtirildi. Umuman olganda, institutning strukturaviy tarkibiga ham ohang ravishda rivojlanib keldi.

Quyida biz uning 64 yillik tarixidan ayrim davrlarni va qilingan ishlarni qisqacha yoritishga harakat qilamiz. Kafedraning tarixi 1958 yil nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan. "Umumiy ovqatlanish taxnologiyasi va uni boshqarish" nomi bilan atalgan kafedradan (kafedra mudiri, dotsent Ye.P.Pankov va 1963 yildan iqtisodchi-muxandis, dotsent I.N.Toporovskiy) boshlangan.

Kafedra faoliyatining birinchi yillarida umumtexnikaviy va maxsus fanlar o‘qitildi. Ushbu davrda shu sohalar bo‘yicha malakali kadrlar yetishmaganligi sababli “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi", "Umumiy ovqatlanishni tashkil etish", "Ovqatlanish korxonalarining jihozlari" hamda “Texnologik jarayonlarning avtomatikasi va avtomatlashtirish", “Materiallar qarshiligi" fanlarini o‘qitish uchun chetdan o‘sha vaqtda ko‘zga ko‘ringan yirik olimlar va mutaxassislar taklif qilindi. Masalan, Leningrad savdo instituti (hozirgi Sankt-Peterburg iqtisodiyot instituti) dotsenti N.I.Kovalev, Moskva xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti)ning professori N.I.Vishelesskiy, Toshkent elektrolampa zavodining bosh muxandisi D.G.Sorochinskiy,  Samarqand "Serp i molot" konserva zavodining bosh injeneri A.L.Razdolskiylar va boshqalar. Ulardan tashqari Moskva xalq xo‘jaligi institutining bitiruvchisi N.F.Fatixov, Leningrad savdo instituti bitiruvchisi B.K.Vinokurov, Kiyev umumiy ovqatlanish instituti bitiruvchisi  injener-texnolog S.V.Pavlov o‘qituvchilik lavozimlariga qabul qilindi. Ularning institutga kelib kafedra ishlarini yo‘lga qo‘yish bilan, kelgusida yuqorida keltirilgan o‘quv yurtlari bilan keng ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha aloqa o‘rnatildi va kelgusida ko‘plab yoshlar tarbiyalandi.

Kafedraga ilmiy pedagogik xodimlarni tayyorlash uchun dastlab ilmiy baza sifatida Moskva xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti) tayinlandi. Kafedraga 1964-1968 yillar  katta o‘qituvchi A.R.Razdolskiy rahbarlik kildi. Ushbu yillarda  dastlabkimilliy kadrlardan N.N.Gatko, V.A.Atoyev va T.Xudayshukurovlar fan nomzodlari ilmiy unvonini olishdi. Aynan shu yillardan kafedra o‘qituvchilari bitiruvchilari hisobidan boyitib borildi.

Kafedrada 1968-1974 yillarda dotsent V.A.Atoyev va 1974 yildan boshlab esa dotsent T.Xudayshukurovlar rahbarlik qildi.

1966 yilda Dushanbe (Tojikiston) umumiy ovqatlanish trestining bosh injener-texnologi A.S.Vanukevich kafedraga ishga taklif qilindi va o‘sha yili kafedra fanlari hisobidan «Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti» kafedrasi tashkil etildi (kafedra mudirlari: A.S.Vanukevich, T.A.Xudayshukurov, D.I.Istamov, A.T.Qutbidinov, N.Bozorov, M.Sharipov, D.A.Aslanova). Kafedra esa "Umumiy ovqatlanish texnologiyasi" (kafedra mudirlari T.A.Xudayshukurov, V.A.Atoyev) nomi bilan yuritila boshladi. 1973 yilda kafedra fanlari hisobidan "Umumiy ovqatlanish korxonalari jixozlari" kafedrasi tashkil etildi (kafedra mudirlari: J.F.Fatixov, E.Mansurov,  L. Zbitneva, X.O.Oqilov, A.M.Kimyagarov, B.T.Eshquvvatov).

1970-1980 yillarda kafedra hozirgi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Moskva matlubot kooperatsiyasi universiteti, Novosibirsk matlubot kooperatsiyasi universiteti, Sankt-Peterburg iqtisodiyot universiteti, Harkov umumiy ovqatlanish akademiyasi, Kiyev umumiy ovqatlanish instituti, Moskva texnologiya instituti va Poltava matlubot kooperatsiyasi institutining maxsus kafedralari bilan ilmiy aloqa o‘rnatdi va aloqa bugungi kunda ham davom etmokda.

1993 yilda «Konservalash texnologiyasi» kafedrasi ochildi (kafedra mudirlari: J.M.Qurbonov, I.M.Mamatov).

1989-2004 yillar davomida umumiy ovqatlanish uchun kadrlar tayyorlash sobiq Buxoro yuqori texnologiya muxandis-texnika institutiga berildi va Samarqand kooperativ institutida esa oziq-ovqat sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanib boshlandi. Shu munosabat bilan "Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti", “Umumiy ovqatlanish korxonalari jihozlari” va "Umumiy ovqatlanish texnologiyasi", «Konservalash texnologiyasi» kafedralari birlashtirilib, kafedraga “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” nomi berildi (kafedra mudirlari: D.X.Aslanova, B.T.Eshquvvatov, J.M.Qurbonov).

Turli yillarda turli kafedralarda ko‘plab kafedra mudirlari va uning a’zolari ish faoliyati ko‘rsatishdi. Biroq shular ichida kafedralarning ravnaqiga alohida o‘z hissasini qo‘shgan A.S.Vanukevich, T.A.Xudayshukurov, V.Atoyev, X.O.Oqilov, N.B.Bozorov, B.T. Eshquvvatov va J.M.Qurbonov rahbarligida kafedralarning moddiy-texnika ba’zasi tubdan yangilanib, o‘quv-uslubiy ishlar keskin yaxshilandi, ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi oshirildi, kafedra  yoshlar hisobidan kengaytirildi.

Bundan tashqari, kafedra a’zolari institut, fakultet hayotida ham faol ishtirok etib, uning taraqqiyotida o‘zlarining katta hissalarini qo‘shib keldilar. Masalan: A.S.Vanukevich institut ilmiy ishlar prorektori, T.A.Xudayshukurov o‘quv va ilmiy ishlar prorektori, fakultet dekani, ichki inspeksiya boshlig‘i, J.M.Qurbonov fakultet dekani, I.X.Shukurov fakultet dekan o’rinbosari va h.k.

Kafedra a’zolari o‘tgan davrda sobiq bitiruvchilaridan: N.N.Gatko, Atoyev V.A., Xudayshukurov T.A., Bozorov N.B., Oqilov X.O., Eshquvvatov B.T., Salomov Sh.S., Kimyagarov A.M.,, Mo‘minov N.N., Karimov M.K., Sharipov M.S., Qurbonov J.M., Aslanova D.X., Xudoyberdiyev A.Yu., Olimov A.O., Safarov O‘.T. va boshqalar kafedrada ham ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib, fan nomzodi, fan doktorlari ilmiy darajasini olishdi va yetuk pedagog sifatida va ko‘p yillar kafedralarda ish faoliyatini yuritdilar.

Xuddi shuningdek, kafedralar a’zolaridan S.I.Kodirov, S.V.Pavlov, F.S.Rijkova, L.Ya.Zuyeva, M.R.Muxtarova,  A.X.Amirov T.Lezina, M.N.Abdusalomova, R.Raimova, N.F.Markelova, A.Illayev, T.A.Axmedjanov, I.M.Mamatov, T.Xudayshukurov, akademik B.T.Eshquvvatov,  va boshqalar mahoratli o‘qituvchilar sifatida kafedra tarixida qoldilar.

Samarqand kooperativ institutining 2004 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirilishi munosabati bilan "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi "Xizmat ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasiga aylantirildi. 2019 yil esa institut tashkiliy tuzilmasi o’zgarganligi sababli kafedra nomi “Servis” kafedrasiga o’zgartirildi va bugungi kungacha shu nom bilan yuritilib kelmokda. Kafedraga yangi nomlar berilgandan keyin uning mudiri sifatida professor J.M.Qurbonov, dotsent A.Yu. Xudayberdiyev, dotsent J.S. Fayziyev va hozirda katta oq’ituvchi I.X.Shukurov rahbarlik qilib kelmoqda.

Institut rahbariyatining kafedrani ilmiy pedagogik xodimlar bilan mustahkamlash bo‘yicha olib borgan ishlari  natijasida kafedra  bugungi kunda katta ilmiy pedagogik markaz sifatida shakllandi. Hozirgi kunda kafedrada 19 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat  ko‘rsatishmoqda: 2 ta professor (J.M.Qurbonov, R. Normaxmatov), 2 ta dotsent ( J.S.Fayziyev, F.A. Axmedjanova), 1 ta katta o‘qituvchi  (texnika fanlari nomzodlari I.X.Shukurov),  12 ta assistent (Z.E. Mamarasulov, Z.Suvonov,  Sh.Karimova, Z.Bozorov, J.Qaxxorov, G‘.Pardayev, F.Beknazarov, D.Mirzaaxmadov,  A.Gafurov, S.Toshnazarov, M.Kalanova, U.Abdurayimov) va 2 nafar yordamchi xodimlar (O’.Muqimova, S.Ismatova).

O‘tgan davrlarda kafedra o‘qituvchilari fan doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi: N.Bozorov, B.T.Eshquvvatov (1992 yil), J.M.Qurbonov (1993 yil), I.M.Mamatov (2000 yil), keyinchalik hammalari ham professor ilmiy unvonini olib samarali mehnat qilishdi. Xuddi shuningdek, professor unvoni T.A.Xudayshukurovga berildi.

Kafedra professor o‘qituvchilari xizmat ko‘rsatish, ayniqsa ovqatlanish sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash bilan bir vaqtda  soha uchun muhim bo‘lgan muammolar ilmiy izlanish ishlarini  tashkil  etish va olib borishda aktiv ishtirok etishdi. 1970-1980 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari dotsentlar T.Xudashukurov V. A. Atoyevlar  va katta o‘qituvchi M.R. Muxtorova "Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti" kafedrasining professor-o‘qituvchilari (dotsent A.S. Vanukevich katta o‘qituvchi A.D.Ilayev va assistent T. Axmedjanov) bilan birgalikda Markaziy  Osiyo  xalqlari  millat  taomlari texnologiyasini  resepturasini aniqlash va tiklash bo‘yicha  katta ilmiy izlanishlar olib borishdi. Uning natijasida 2000 ga yaqin o‘zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz milliy tаomlari va hamirli mahsulotlari reseptura va texnologiyalari ishlab chiqildi. Ushbu ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha 1978 yilda  Tojik milliy taomlar resepturasi ishlab chiqildi (dotsent A.S. Vanukevich dotsent T. Xudashukurov katta o‘qituvchi A. D. Ilayev  assitent.  T. Axmedjanov) a chop etilib, Tojik potrebsoyuz tizimining umumiy ovqatlanish sohasida rasmiy hujjat sifatida qo‘llanib boshlandi. 1981 yilda  Turkman kulinariyasi nomi bilan Turkman milliy taomlar texnologiyasi (Dotsent T. Xudayshukurov A.S. Vanukevich va injener texnolog A. A. Bagdasarov)  va  1995 yilda "O'zbek milliy taomlari" (T. Xudayshukurov va boshkalar chop etildi).

1970-1980 yillar davomida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalar tayyorlash bo‘yicha ham kafedra professor-o‘qituvchilari katta ish olib borishdi. 1981-1982 yillar davomida "Matlubot kooperatsiyasi  sistemasining ovqatlanish korxonalarini loyihalash" fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (professor T.Vanukevich, dotsentlar T.Xudayshukurov va E.A.Arustamov, 1981 yil) va darslik (1982 yil), "Umumiy ovqatlanish texnologiyasi” fani bo‘yicha esa "Matlubot  kooperatsiyasi umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulotlarni ishlab chiqarishning ilmiy asoslari"  (dotsentlar T.Xudayshukurov, V.A.Atoyev, M.R.Muxtorova, M.K.Karimov, Sh.Salomov va M.A.Doroxina) nomi bilan o‘quv qo‘llanma, 1982 yilda  esa  "Vitaminlar va salomatlik" (dotsent T.Xudayshukurov,  professor A.S.Vanukevich va boshqalar), “Elektrofizicheskiye metodi vozdeystviya na pisheve produkti” (J.M.Qurbonov, 19994 yil) monografiyalar chop etildi.

Ayniqsa, 2004 yildan boshlab, kafedrada servis soxalari buyicha mutaxassis kadrlar  tayyorlanib boshlangandan keyin, tayanch kafedra sifatida  professor-o‘qituvchilarning ilmiy potensiallaridan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha katta ishlar olib borildi. Bu ishlarda  kafedra professor-o‘qituvchilardan, ayniqsa akademik B.T.Eshquvvatov, professor T.Xudayshukurovlar va ularning izdoshlari professor J.M.Qurbonov, R.Normaxmatov, dotsent N.N.Mo‘minov, J.S.Fayziyevr, F.A. Axmedjanova va  I.X.SHukurovlar  aktiv ishtirok  etib kelishmoqda.

2004-2015 yillarda «Ovqatlanish korxonalari jihozlarining ekspluatatsiyasi» (J.M.Qurbonov, 2011 yil), «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari» (T.Xudayshukurov, N.N.Mo‘minov va boshqalar, 2009 yil), «Dunyo xalqlarining ovqatlanishiga xos xususiyatlar» (dotsent D.Aslanova, professor T.Xudayshukurov, dotsent N.N.Mo‘minov, 2011 yil) fanlaridan darslik, «Savdo texnik jixozlari» (J.M.Qurbonov, 2013 yil), «Oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqotining fizik-kimyoviy uslublari» (J.S.Fayziyev, J.M.Qurbonov, 2010 yil), «Texnologik jihozlar va ularni loyihalash» (akademik B.T.Eshquvvatov, 2006 yil) fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar, «Elektrofizicheskiye metodi vozdeystviya na produkti pitaniya servisnix predpriyatiy» (J.M.Qurbonov, U.R.Xodjayeva, 2012 yil), «Meva, sabzavot, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi» (professor J.M.Qurbonov va boshqalar, 2010 yil), «Texnologiya sushki plodov i ovoshey» (professor J.M.Qurbonov, 2009 yil), «Osnovi techeniya uprugo-vyazkix plasticheskix mass» (akademik B.T.Eshquvvatov, 2004 yil), «Optimizatsiya i matematicheskoye modelirovaniye texnologicheskix sistem v spirtovodochnom proizvodstve» (akademik B.T.Eshquvvatov, 2005 yil) nomli monografiyalar chop etildi.

Kafedraning 64 yillik tarixini ko‘rib chiqar ekanmiz, uning dastlabki tashkil etilganligi, o‘tgan asrning 70-80-yillarda keng ko‘lamda rivojlanganligi va mustaqillik yillarida esa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning o‘quv jarayonida bajarilishini ta’minladilar. Jumladan, bir necha yangi bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisligini tayyorlashni yo‘lga qo‘ydilar. Ta’limning Xizmatlar ko‘rsatish sohalari bo‘yicha tayanch institut sifatida Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishlari uchun Davlat ta’lim standartlari, o‘quv-dasturlari va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqdalar.

Shukurov Izzatillo Hikmatovich
Icon

Shukurov Izzatillo Hikmatovich

Icon

Kafedra mudiri

Qurbonov Jamshid Majidovich
Icon

Qurbonov Jamshid Majidovich

Icon

Texnika fanlar doktori professor.

Normaxmatov Ro`ziboy Normaxmatovich
Icon

Normaxmatov Ro`ziboy Normaxmatovich

Icon

Texnika fanlari doktori professor.

Axmedjanova Farida Abduxalimovna
Icon

Axmedjanova Farida Abduxalimovna

Icon

Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Fayziev Junadillo Sadievich
Icon

Fayziev Junadillo Sadievich

Icon

Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mamarasulov Zokirjon erkinovich
Icon

Mamarasulov Zokirjon erkinovich

Icon

Assistent

Suvonov Ziyobidin Shaminovich
Icon

Suvonov Ziyobidin Shaminovich

Icon

Assistent

Pardayev G’ayrat Yaxshibayevich
Icon

Pardayev G’ayrat Yaxshibayevich

Icon

Assistent

Gofurov Akram Juraqulovich
Icon

Gofurov Akram Juraqulovich

Icon

Assistent

Karimova Shexroza Madjitovna
Icon

Karimova Shexroza Madjitovna

Icon

Assistent

Toshnazarov Surat Abdullayevich
Icon

Toshnazarov Surat Abdullayevich

Icon

Assistent

Qahhorov Jasur Abulqosimovich
Icon

Qahhorov Jasur Abulqosimovich

Icon

Assistent

Beknazarov Farxod Abduvoxidovich
Icon

Beknazarov Farxod Abduvoxidovich

Icon

Assistent

Kalanova Moxigul Baxritdinovna
Icon

Kalanova Moxigul Baxritdinovna

Icon

Assistent

Mirzaaxmadov Durbek Mirzaaxmadovich
Icon

Mirzaaxmadov Durbek Mirzaaxmadovich

Icon

Assistent

Abdurayimov Uktam Abdug’ani o’g’li
Icon

Abdurayimov Uktam Abdug’ani o’g’li

Icon

Assistent

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены