
Tashnazarov Samiddin Nizamovich

Kafedra mudiri

Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Tashnazarov Samiddin Nizamovich 2020 yil sentyabr oyidan “Buxgalteriya hisobi” kafedrasiga mudir lavozimida ishlab kelmoqda.
1990 yil Samarqand kooperativ institutining “Buxgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyati tahlili” mutaxassisligini tugatgan. 2005 yilda iqtisod fanlari nomzodligi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2011 yili dotsent ilmiy unvonini olgan. 2019 yilda 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2022 yil dekabrda professorlik ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Samiddin Tashnazarov tomonidan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” darsligi (2019, https://www.academia.edu), “Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish” monografiyasi (2018, https://www.morebooks.shop/bookprice_offer_), “Xalqaro hisob asoslari” (2020), “Buxgalteriya hisobiga kirish” (2022) o‘quv qo‘llanmalari chop ettirilgan.
Samiddin Tashnazarov hozirgi kunda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy kengash aʼzosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
