“Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuv davomida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Uralov tomonidan talabalarga to‘garak tashkil etish va uning asosiy maqsadlari batafsil tushuntirib berildi.
Seminar davomida ta’kidlab o‘tildi:
- Har bir talaba o‘z sohasida innovatsion g‘oya tanlashi zarur.
- G‘oyani rivojlantirish va uni startap loyiha darajasiga olib chiqish uchun doimiy izlanish va amaliy ish muhim.
To‘garaklar orqali talabalarga bu jarayonda ko‘mak beriladi va kerakli yo‘nalishlar ko‘rsatiladi.
Mazkur tashabbus yoshlarni innovatsion fikrlashga undaydi va ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
