Xalqaro musobaqada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari 2-o'rinni qo'lga kiritishdi



2023-yil 10- mart kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida "Oʻsish nuqtasi" nomli IV Xalqaro ishbilarmonlik oʻyini bo'lib o'tdi. Unda institutimiz iqtidorli talabalaridan tuzilgan jamoasi faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Mazkur musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etishdi.
Institumiz talabalari Rahmonkulova Dilnavoz, Marufov Zokirjon, Berdiyev Akmal, Axrorqulov Amirbek, Abdunabiyev Bahodir, Ubaydullayev Behruz va ularga rahbarlik qilgan Muradova Nargiza Uljayevnani mazkur yutuq bilan tabriklaymiz.
