Ikkinchi mutaxassislikka kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi



Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ikkinchi oliy ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) olish uchun hujjat topshirgan talabgorlar bilim darajasini baholash maqsadida test jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Jarayonning shaffofligi, talabalar bilimini adolatli baholash va qo‘yilgan talablarga amal qilinayotganligi institut rahbariyati, korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens nazorat" tizimini boshqarish va ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari xodimlari tomonidan nazorat qilib borildi.
