Talabalar turar joyida "Intellektual kecha" oʻtkazildi



Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning strategik fikrlash qobiliyatini oshirish hamda mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida institut talabalar turar joyida "Intellektual kecha" tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazib, qiziqarli bahslarda kuch sinashdilar.
Musobaqa haqidagi fikrlarini bildirarkan: "Bu kabi intellektual o‘yinlar talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi" - dedi buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutori A.Kanaatov.
